16:54 / 15.09.2015
2096

El Confidencial: Ronaldu Peresning tanqidi tufayli yozda «Real»ni tark etmoqchi bo‘lgan

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozgi transferlar vaqtida jamoasini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan edi. Bu haqda El Confidencial nashri xabar tarqatdi.

Xabarda aytilishicha, portugaliyalik futbolchining bu qarorga kelishiga "Qirollik klub" prezidenti Florentino Peresning gaplari sababchi bo‘lgan.

Gap shundaki, Peres 30 yoshli Ronalduga "Sen ilgarigidek raqiblaridan o‘zib keta olmayapsan. Sen buni qilishing kerak", degan edi.

Mana shu gaplardan keyin Ronaldu o‘zini kamsitilgandek his qilgan va agenti Jorjye Mendeshdan boshqa klub topishini so‘ragan. Lekin, jamoa "MYu" va "PSJ"dan tushgan takliflarni rad etgan va futbolchi Ispaniya grandi safida qolgan.

Top