19:41 / 15.09.2015
2864

Iroq neft qazib chiqarishni kamaytirishga chaqirdi

Iroq hukumati neft kompaniyalaridan 2016 yilda neft qazib olishni kamaytirishni so‘radi. Bu haqda Iroq neft vazirligi vakili Abdulla Mahdi al-Omadiyga iqtibos keltirgan holda Bloomberg agentligi ma'lum qildi. 

“Neft narxining pasayishi va davlat daromadlarining kamayishi oqibatida kompaniyalarning investitsiyalarga sarf-xarajatlarini qoplay olmayapmiz”, deb aytmoqda amaldor. Uning aytishicha, neft qazib olish bo‘yicha rejani 30 sentabrgacha ko‘rib chiqish taklif qilindi.

Ayni kunda Iroqda kuniga 3 mln barrel neft olinadi. Iroq jahonda neft zaxiralari bo‘yicha 5- va OPeK davlatlari o‘rtasida 2-o‘rinni egallaydi. Xalqaro energetika agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, Bog‘dod avgustda neft sotishdan kamida 4 mlrd dollar oldi va bu iyuldagi ko‘rsatkichdan 20 foiz kamroqni tashkil qilgan. Shu bilan birga Iroq hukumatining mamlakatda ishlovchi neft kompaniyalari oldidagi qarzi 18 mlrd dollarga yetdi.

Top