11:17 / 15.09.2015
2374

Italiya bosh vaziri "Manchester Siti" bilan o‘yin oldidan "Yuventus" futbolchilarini ilhomlantirdi

Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi o‘zi "Fiorentina" jamoasi muxlisi bo‘lishiga qaramasdan italyanlar sharafini xalqaro maydonda himoya qilayotgan "Yuventus" jamoasiga omad tiladi.

U YeChLning D guruhidan o‘rin olgan "Yuventus" jamoasining bugun "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazadigan o‘yini oldidan jamoa a'zolarini ilhomlantirgan.

"Yuventus"ga bu o‘yinda muvaffaqiyatga erishishini tilayman. Jamoa A seriyaning yangi mavsumini yaxshi boshlay olmagan bo‘lsada bugun o‘z maydonida "Manchester Siti"ni yenga olishiga ishonch bildiraman", deydi bosh vazir.

"Men Allegrini yaxshi bilaman. U jamoani o‘yinga tayyorlay oladi. Jamoa u bilan o‘tgan yilgi muvaffaqiyatlarni takrorlashini kutaman", deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Tmw nashri.

Ma'lumot uchun, "Yuventus" va "Manchester Siti" bahsi Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi. "Yuventus"ning guruhdagi keyingi raqiblari "Sevilya" va "Borussiya M" bo‘ladi.

Top