07:59 / 15.09.2015
7201

KUN.UZ dayjesti: 14 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 14 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

Sergey Lavrov: AQSh “IShID” pozitsiyalarini aniq biladi, biroq bombardimon qilmayapti>>

 

Moskva AQSh boshchiligidagi “IShID”ga qarshi koalitsiyaning boshqa maqsadlari borligidan gumon qilmoqda.

Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida 30 dan ziyod qochqin qayiqning cho‘kishi oqibatida halok bo‘ldi>>

Egey dengizida Gretsiyaning Farmakonisi oroli yaqinida qochqinlar ketayotgan qayiqning falokatga uchrashi oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi.

Novak Jokovich US Open turniri finalida Rojyer Federerdan ustun keldi>>

Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi turniri g‘olibiga aylandi.

Qandim gazni qayta ishlash zavodi qurilishi loyihasi hukumat tomonidan tasdiqlandi>>

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8 sentabrdagi qaroriga muvofiq, Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va Qandim guruhi konlarini jihozlashning texnik-moliyaviy asoslari (birinchi bosqich) tasdiqlandi.

"Tolibon" jangarilari G‘aznadagi qamoqxonadan mahbuslarni chiqarib yubordi>>

"Tolibon" jangarilari Afg‘oniston shimolidagi G‘azna shahrida joylashgan qamoqxonaga hujum uyushtirdi va yuzlab mahbuslarni ozod qildi.

Toshkentda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshadi>>

1 oktabrdan Toshkentda markaziy isitish tizimi va suv ta'minotining yangi tariflari amalga kiritalidi.

Qozog‘istonda dollar kursi 281 tangaga yetdi>>

Olma-Ota shahri banklari va valyuta ayriboshlash shoxobchalarida dollar kursi rekord darajaga ko‘tarilib, 281-284 tangaga tenglashdi.

Ebbot Avstraliya bosh vazirligidan ketdi>>

Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbott ushbu lavozimni tark etdi. U Liberal partiya ichidagi yetakchilik borasidagi bahslarda raqibi Malkolm Tyornbullga yutqazib qo‘ydi. 

Nazarboyev: qiyin kunlarda har doim tojik xalqining yonida edik>>

Qozog‘iston Tojikistonga har tomonlama yordam berib kelmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Dushanbeda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama muzokaralar yakuniga ko‘ra bayonot berdi.

Toshkent shahri aholisi uchun sovuq suv xizmatining yangi tariflari 8 foizga qimmatlashdi>>

Toshkent shahrida 1 oktabrdan sovuq suv ta'minoti xizmati uchun yangilangan tariflar joriy etiladi.

Top