09:16 / 15.09.2015
4906

KUN.UZ dayjesti: 14 sentabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 14 sentabr kuni ro‘y bergan eng muhim va qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Olimlar: keyingi 2 yil tarixdagi eng issiq palla bo‘ladi>>

Keyingi 2 yil tarixdagi eng issiq palla bo‘lishi mumkin. Bu haqda Britaniya meteobyurosi chop etgan hisobotda aytildi.

O‘zbekistonda dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan suzuvchi pontonlar loyihalandi>>

O‘zbekistonlik kimyogar olimlar tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq qilinishi yiliga yuzlab mlrd so‘m tejashga imkon bermoqda. 

Toshkentda axborot-kommunikatsion texnologiyalar haftaligi ochildi>>

Haftalik an'anaviy tarzda Xalqaro biznes markazidagi matbuot anjumanidan boshlandi. Unda OAV vakillari tadbirlar dasturi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Yaponiya aviakompaniyasi “Yulduzlar jangi” mavzusidagi samolyotni namoyish qildi>>

12 sentabrda Vashingtondagi Boeing Everett zavodida Yaponiyaning All Nippon Airways aviakompaniyasi o‘zining yangi Boeing-787 “Dreamliner” samolyotini namoyish qildi. Uning bo‘yalishi “R2-D2 ANA JET” nomini oldi. 

Xitoyda “uchinchi ko‘zga” ega 68 ta odam boshi suyagi topildi>>

Urumchidagi qadimiy bosh suyaklari ko‘rgazmasi xitoylik ekspertlarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi. Ko‘rgazmadagi barcha 68 ta odam boshi suyagida kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan teshikni – “uchinchi ko‘zni” ko‘rish mumkin. Arxeologlar bu teshiklarning kelib chiqishi borasida turlicha fikrlar bildirmoqdalar. 

"Mashhura" firmasida tashkil etilgan ko‘rgazma belgiyaliklar delegatsiyasini lol qoldirdi>>

11 sentabr kuni Toshkent shahridagi "Mashhura" firmasida O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. 

UzReport TV YeChLning ilk turida "Real" va "Barselona" ishtirokidagi o‘yinlarni jonli ravishda translyatsiya qiladi>>

UzReport TV 15-16 sentabr kunlarida YeChLning "Real" hamda "Barselona" jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni jonli ravishda efirga uzatadi. 

Emirates parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi>>

Emirates aviakompaniyasi uzluksiz uchish davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishga hozirlik ko‘rmoqda. KAYAK kompaniyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Dubay va Panama o‘rtasida reys parvozi 17 soat 35 daqiqa davom etadi. 

Xerox o‘zini yo‘q qilish funksiyasiga ega chip ishlab chiqdi>>

Xerox kompaniyasi Amerika ilg‘or mudofaa tadqiqotlari loyihalari agentiligining (DARPA) Wait, What? nomli Sent-Luisda o‘tgan tadbiri chog‘ida o‘zini yo‘q qilish funksiyasiga ega chipni taqdim etdi. 

Gadjyetlarning miyaga ta'siri>>

Bu holat hammamizga tanish. Telefonimizni olish uchun qo‘limizni cho‘ntagimiz yoki sumkamizga suqamiz, lekin uni topa olmaymiz. Shu zahoti yuragimiz taka-puka bo‘lib ketadi. Telefonim qayerda qoldirib ketdi? Ishxonadami? Oshxonadami? Mashinada tushib qoldimi? Vahimaga tushamiz. Ayni paytda nima bilan mashg‘ul ekanligingizning ahamiyati yo‘q – eng asosiy vazifa zudlik bilan telefonni topish bo‘ladi.

Top