11:40 / 15.09.2015
3564

KXTSh davlatlari BMT Bosh assambleyasiga koinotga qurol joylashtirilishi to‘g‘risida bayonot taqdim etadi

Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti a'zo-davlatlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tuvchi BMT Bosh assambleyasining 70-sessiyasi davomida koinotga qurollarning joylashtirilishi va xalqaro terrorizm masalalarida to‘g‘risida bir qator hamkorlikdagi bayonotlarni taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” xabar qildi.

“BMT Bosh assambleyasining 70- sessiyasida koinotga qurol joylashtirishga chek qo‘yish, xalqaro terrorizmga qarshi kurash chora-tadbirlari va boshqa bir qator masalalarda hamkorlikdagi bayonotlar taqdim etish rejalashtirilmoqda”, – dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi axborot manbasi.

U, shuningdek, mazkur maqsadlarda YeXHT bilan ham hamkorlik qilinishini aytib o‘tdi.

Top