06:51 / 15.09.2015
2328

Misrda meksikalik sayyohlarning o‘qqa tutilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Misr harbiylari mamlakatda Mesikadan tashrif buyurgan sayyohlik guruhi o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 8 kishiga yetganini tasdiqladilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Misrga Meksikadan kelgan 22 kishilik guruh cho‘lda dam olish joylaridan birida barbekyu o‘tkazgani to‘xtashganda misrlik harbiylar ularni terrorchilar deb o‘ylab yanglishib o‘qqa tutganlar.

Misr sayyohlik vazirligida fojiani tergov qilish bo‘yicha shtab tuzildi.

Top