11:34 / 15.09.2015
2291

Missisipi universiteti professorini otib o‘ldirgan gumondor o‘z joniga qasd qildi

AQShdagi Missisipi shtatidagi universitetda hamkasblarining o‘limida aloqadorlikda gumon qilinayotgan geografiya o‘qituvchisi Shennon Lamb, politsiya ma'lumotiga ko‘ra, o‘z joniga qasd qildi, deya xabar bermoqda Associated Press.

Tergov ishini olib borayotgan politsiya Lambni Grinvill shahrida ekanini aniqladi. Qayd etilishicha, politsiyachilarni ko‘rgan gumondor mashinasidan tushib, qocha boshlagan. Shundan so‘ng huquqni muhofaza qilish organi xodimlari o‘q ovozini eshitishgan. Politsiyachilar tomonidan yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan Lamb olgan tan jarohati tufayli o‘sha yerda vafot etgan.

45 yoshli Lamb o‘zi bilan birga yashagan 41 yoshli Emi Prentissning o‘limida gumon qilinmoqda. Ko‘plab tan jarohati yetkazilgan Prentissning jasadi Klivlenddan 500 km uzoqlikdagi Goter shahridagi uyidan topilgan edi.

Politsiya taxminiga ko‘ra, Lamba mazkur jinoyatni sodir etganidan so‘ng Delta State universitetiga borib, mazkur oliygohning tarix fani professori Itan Shmidtni ham otib o‘ldirgan.

Top