18:35 / 15.09.2015
2243

Namanganlik o‘quvchilar Butunjahon jang san'atlari festivalida g‘oliblar qatorida bo‘lishdi

2015 yil 5-7 sentabr kunlari Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Butunjahon jang san'atlari festivalida Namangan shahridagi 34-bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Munisa Xushnazarova hamda Namangan tumanidagi 35-bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘quvchisi Davlatbek Hoshimov milliy terma jamoamiz safida bosh sovrinni qo‘lga kiritdilar. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Namangan viloyati bo‘yicha hozirda xalq ta'limi boshqarmasi tizimida 37ta bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyat yuritmoqda. Ularga 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 25,5 ming nafardan ziyod o‘quvchilar qamrab olingan. Har tomonlama barkamol, sog‘lom ulg‘ayayotgan o‘g‘il-qizlarning yutuqlari ularning ota-onalarini ham quvontirmoqda. 

Milliy va olimpiya sport turlari bo‘yicha yuqori natijaga erishayotgan sportchilarning asosiy qismi aynan bolalar va o‘smirlar sport maktablari o‘quvchilaridir. Ularning muntazam mashg‘ulotlari uchun yaratilayotgan mukammal shart-sharoitlar chempionlar safi kengayib, o‘zlarini namoyon etayotgan yosh iqtidorlar yetishib chiqishida muhim omil sanaladi.

Top