08:03 / 15.09.2015
2739

O‘zbek olimlari metall quvurning ichki sirtiga ishlov berish usulini ixtiro qilishdi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-Plazma va Lazer Texnologiyalari Instituti olimlari metall quvurning ichki sirtiga ishlov berish usulini ixtiro qilishdi.

Ixtiro metall quvurlarga elektr razryadlari bilan vakuumda ishlov berish sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Usul funksional imkoniyatlarni kengaytirish, jarayonning yuqori tejamkorligi va texnologik tartibini saqlagan holda ekspluatatsiya, korroziyaga bardoshlilik va boshqa maxsus xususiyatlari yuqori bo‘lgan arzon material asosida mahsulot yaratishdan iborat.

Mualliflar jamoasi - X.B.Ashurov, V.N.Arustamov, X.X.Kadirov, V.P.Xaryakov, I.X.Xudayqulovga ushbu usul uchun № IAP 05070 raqamli patent berildi.

Top