22:13 / 15.09.2015
2072

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida vazirliklararo maslahatlashuvlar o‘tkazildi

2015 yilning 13-14 sentabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Vazirliklararo maslahatlashuvlar chog‘ida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy negizini inventarizatsiya qilish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda muhokamada bo‘lgan ikki tomonlama hujjatlarning loyihalari yuzasidan ham fikr almashildi. Mazkur hujjatlar O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorligining huquqiy asosini kengaytirish va mustahkamlashga xizmat qiladi.

Top