09:03 / 15.09.2015
7699

Pentagon: Rossiya harbiy kosmik kuchlari AQSh harbiy havo kuchlari bilan tenglashdi

Rossiya harbiy kosmik kuchlari o‘z texnik imkoniyatlariga ko‘ra AQShning tegishli kuchlari bilan tenglashdi. Bu haqda AQSh harbiy havo kuchlarining Yevropadagi komandiri general Frenk Gorents aytib o‘tdi.

“Bu narsa bahsli bo‘ladi deb o‘ylamayman: ular imkoniyatlarda tenglashib olishdi”, - dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Yaqinda Rossiya harbiy havo kuchlarini modernizatsiya qilib, harbiy kosmik kuchlarga aylantirdi.
Generalning ta'kidlashicha, Rossiya oxirgi islohotlar mobaynida o‘z kuchlarining soni va sifatini oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Top