14:39 / 15.09.2015
4802

Putin Tojikiston bilan aloqalardan mamnun

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi ittifoqchilik shartnomalari doirasidagi hamkorligi natijalaridan mamnunligini bayon qildi. Bu haqda u Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.

“Tojikiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar ittifoqchilik majburiyatlari asosida olib borilmoqda. Biz barcha xalqaro tashkilotlar – BMT, OBSe, ShXT doirasidagi barcha harakatlarimizni o‘zaro kelishib amalga oshirishimizni mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tishim mumkin”, - ta'kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston poytaxtida KXShT davlatlari yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu sammitning keyingi bosqichida yig‘ilishga delegatsiyalar ham qo‘shiladi. Kengashning bugungi sessiyasi bir qator hujjatlarning imzolanishi bilan yakunlanadi. Bular orasida eng muhimi davlat rahbarlarining xalqaro siyosiy maydondagi eng dolzarb masalalar bo‘yicha qo‘shma bayonotidir.

Ta'kidlanishicha, hujjatda tashkilotga a'zo davlatlarning jahon miqyosida avj olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy muammolar, harbiy ixtilof yuzasidan xavotirlari bayon etiladi.
Sammit davomida KXShTning turli yo‘nalishdagi hamkorlikdagi faoliyati, jumladan, mintaqaviy va global tahdidlar, terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash singari masalalar muhokama qilinadi.

Top