00:35 / 15.09.2015
3643

Qarshi universitetining soxta diplomi bilan ishlab yurgan bog‘cha mudirasi bir yildan so‘ng fosh etildi

Deyarli 10 yil davomida turli maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyachi bo‘lib ishlab kelgan qarshilik Dilnoza Usmonova bog‘cha mudirasi bo‘lish orzusida soxta diplom oldi, ammo uning bu ishi 1 yildan so‘ng fosh etildi. Voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida yoritildi.

Aytilishicha, 2014 yili Usmonova Qarshi davlat universitetida ishlaydigan Shavkat Tilovovdan 3 500 dollarga soxta diplom sotib olgan va shu asosda shahardagi 48-sonli maktabgacha ta'lim muassasida mudira bo‘lib ishlab kelgan.

Ammo diplomning soxtaligi fosh etildi. Shahar sudi Usmonovani 1.5 yil axloq tuzatish ishlariga hukm qildi.

Top