11:50 / 15.09.2015
2874

Qozog‘istonda mobil imzo olish imkoniyati tug‘ildi

Qozog‘istonda elektron imzoga ega SIM-kartalar olish imkoniyati tug‘ildi.
Aytilishicha, elektron imzoni bundan keyin SIM-kartalarga yozish imkoniyati tug‘iladi. Ularni hozircha Ostona va Olma-Ota shaharlaridagi “Altyol” AJ savdo bo‘limlaridan xarid qilish mumkin.

Yil oxiriga qadar xizmat barcha viloyatlarni va operatorlarni qamrab oladi.
Kapital.kz nashrining xabar qilishicha, elektron imzo vositasida telefonlar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin bo‘ladi. Buning uchun hatto internet va ilovalar talab qilinmaydi.

Top