18:34 / 15.09.2015
11903

Qurbaqa, qorabuzov va bug‘u - British Wildlife Photography Awards-2015 tanlovi g‘oliblari

14 sentabr kuni Britaniya yovvoyi tabiati fotosuratlari milliy tanlovi (British Wildlife Photography Awards) g‘oliblari e'lon qilindi. Eng yaxshi suratlar ko‘rgazmasi Londonda ochilgan bo‘lib, so‘ngra butun mamlakat bo‘ylab namoyish etiladi. 

Tanlov shartiga binoan, jonivorlar suratlari faqatgina tabiiy muhitda olinishi lozim. Shu yo‘l bilan tanlov tashkilotchilari ham fotosuratchilarni taqdirlash, ham Britaniya tabiati xilma-xilligiga e'tibor qaratish imkoniga ega bo‘lishni ko‘zda tutishgan.

Hakamlar butun mamlakatdan yuborilgan bir necha ming suratlar ichidan g‘oliblarini saralab olishdi. Eng yaxshi surat mualliflari 5 ming funt (taxminan 7700 dollar) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlansa, qolgan ishtirokchilar suratlari British Wildlife Photography Awards-2015 maxsus fotoalbomiga kiritiladi.

Navbatdagi British Wildlife Photography Awards tanloviga 2016 yil fevralida start beriladi. 

Tanlov g‘olibi, Shetland orollaridagi qorabuzov qushlari tasviri. Barri Uilyams (Barrie Williams) fotosurati

«Jonivorlar portretlari» yo‘nalishi g‘olibi. Uilyam Xarvi (William Harvey) fotosurati

«Jonivorlar fe'l-atvori» yo‘nalishi g‘olibi, Sayrayotgan qirg‘ovul. Kris Uorsli (Kris Worsley) fotosurati

«Botanika» yo‘nalishi g‘olibi, suv qirqulog‘i. Tim Xant (Tim Hunt) fotosurati

«Oq-qora tasvirlar uyg‘unligidagi Britaniya tabiati» yo‘nalishi g‘olibi. Terri Uittaker (Terry Whittaker) fotosurati

«Shahardagi tabiat» yo‘nalishi g‘olibi, avtoturargohdagi chug‘urchuqlar. Tomas Brengvin (Tomos Brangwyn) fotosurati

«Yovvoyi o‘rmon» yo‘nalishi g‘olibi. Chaytanya Deshpande (Chaitanya Deshpande) fotosurati

«Tabiatga yaqinroq» yo‘naligi g‘olibi, baqa boshidagi kana. Kris Speller (Chris Speller) fotosurati

«Qirg‘oq va dengiz» yo‘nalishi g‘olibi, moviy akulalar. Pol Koulli (Paul Colley) fotosurati

«Yashirin Britaniya» yo‘nalishi g‘olibi, uzunoyoq chivin surati. Aleks Xayd (Alex Hyde) fotosurati

«Hujjatli seriya» yo‘nalishi g‘olibi. Devid Pressland (David Pressland) fotosurati

«Britan mavsumlari» yo‘nalishi g‘olibi. Kevin Souford (Kevin Sawford) fotosurati

12 yoshgacha qatnashchilar yo‘nalishi g‘olibi. Maks Iv (Max Eve, 10 yosh) fotosurati

12-18 yoshdagilar yo‘nalishi g‘olibi Kayl Mur (Kyle Moore, 16 yosh) fotosurati

Manba: Xabardor.uz

Top