06:11 / 15.09.2015
2358

Reuters: Deutsche Bank 23 ming xodimini qisqartirmoqchi

Deutsche Bank barcha xodimlarining chorak qismini, ya'ni 23 ming xodimini qisqartirmoqchi. Bu haqda moliyaviy bozordagi manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Qisqartirishlar asosan texnik bo‘limlar, pochta banki hamda bek-ofis (qo‘llab-quvvatlash, tranzaksiyalar, hisob raqamlar ma'lumotlarini qayta ishlash va h.k.) xodimlarini qamrab oladi. Qisqartirishlar natijasida bankda 75 mingga yaqin kishi qoladi. Qisqartirishlar bank biznesini katta miqyosda restrukturizatsiya qilish doirasida amalga oshirilmoqda. Asosiy quvvatlar London, Nyu-York va Frankfurtda mujassamlashadi.   

Agentlikning ta'kidlashicha, ommaviy qisqartirishlarni amalga oshirish boshqa Yevropa banklarida, jumladan Italiyaning UniCredit bank guruhida ham mo‘ljallanmoqda, biroq bu xususda aniq ma'lumotlar keltirilmagan. 

Top