01:36 / 15.09.2015
6203

Sibirda birinchi qor yog‘di

Rossiyaning Tomsk shahrida birinchi qor yog‘di, deb xabar bermoqda FlashSiberia nashri.

Yomg‘ir aralash qor 14 sentabr kuni ertalab boshlandi.

Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, yog‘ingarchilikda odatdagidan ko‘proq yo‘l-transport hodisasi qayd qilindi, ya'ni bir kun avval 46 ta YTH qayd qilingan bo‘lsa, qor yoqqan kun 54 ta YTH qayd qilindi.

Ob-havo mutaxassislarining prognozlariga ko‘ra, qor payshanbagacha yog‘ishda davom etadi.

Top