08:13 / 15.09.2015
6864

Telegram`da Rayhon G‘aniyeva nomi bilan yuritilayotgan soxta botlar paydo bo‘ldi

"Internet qaroqchilari" avvaldan mashhur ijodkorlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga hujum qilib, ularni o‘zlashtirib olishi ma'lum edi.

Endi esa buning yangicha usuli paydo bo‘ldi. Hozirda ular san'atkorlarning nomi bilan o‘zlarini reklama qilishmoqda. Bunga misol tariqasida Telegram`dagi botlarni aytish mumkin.

"Jumladan, Rayhon G‘aniyeva nomi bilan yuritiladigan botning Rayhonga hech qanday aloqasi yo‘q. Nomi Rayhon G‘aniyeva xolos, aslida esa unda xonandaga tegishli bo‘lmagan mutlaqo boshqa yangiliklar e'lon qilinadi. Bunda "qaroqchilar" xonandaning mashhurligidan foydalanib, ko‘proq foydalanuvchilarni jalb qilishmoqchi", deb yozadi shok.uz.

Top