20:54 / 16.09.2015
3333

Afg‘oniston armiyasi bir kun davomida 70 jangarini yo‘q qildi

Afg‘oniston Qurolli kuchlari oxirgi kunlar davomida mamlakatning bir necha viloyatlarida 70 jangarini yo‘q qildi, deb aytdi Afg‘oniston mudofaa vaziri.

Khaama Press agentligining ma'lum qilishicha, jangarilarga qarshi operatsiyalar Qobul, Paqtiya, Qandahor, Dayko‘ndi va boshqa viloyatlarda o‘tkazildi. Afg‘oniston milliy armiyasining 6 nafar harbiysi fugaslar portlashi va jangarilar bilan otishmalar paytida halok bo‘ldi. Shuningdek, operatsiyalar davomida 75 jangari yaralandi, yana 2 nafari qo‘lga olindi.

Afg‘oniston harbiylari ko‘p yillar davomida “Tolibon” radikal guruhining nazorati ostida bo‘lgan hududlarni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldilar, deb ma'lum qilinmoqda.

Top