09:09 / 16.09.2015
2799

AQSh Rossiyani “IShID”ga qarshi kurashda faolroq yordam berishga chaqirdi

AQSh Rossiyani Suriyada “IShID” terrorchilik guruhiga qarshi kurashda xalqaro koalitsiyaga faolroq yordam berishga chaqirmoqda, deb xabar berdi Oq uy vakili Josh Ernestga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi. 

Ernest Rossiya Suriyada harbiy salohiyatini oshirish o‘rniga terrorchilar bilan kurashda faolroq ishtirok etishi kerak, deb ta'kidlab o‘tdi.

Ernest AQSh prezidenti Barak Obama bu xususda Vladimir Putin bilan telefonda suhbatlashishi haqida ma'lumotga ega emasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top