16:01 / 16.09.2015
1571

Arsen Venger: Remzi va Belerin Zagrebdagi o‘yinda qatasha olmaydi

"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger YeChLning ilk turida Xorvatiyaning "Dinamo" jamoasiga qarshi Zagreb shahrida o‘tkaziladigan o‘yin oldidan jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Jyek Uilsher haqida yaxshi yangilik ayta olmayman. U 3 oygacha maydonga qayta olmaydi. "Dinamo"ga qarshi o‘yinda Remzi va Belerin ham ishtirok etolmaydi. Ular Londonda qolishgan.

Uilsherning jarohati futbolchilik faoliyatiga tahdid solmasligiga umid qilaman. U hali yosh va uning uchun barchasi oldinda. Ishonamanki, u qaytadi va jamoamizni kuchaytiradi.

Biz Xorvatiyaga oxirgi marta kelganimizda juda og‘ir o‘yin o‘tkazgandik. Bugun ham kuchsiz raqibga qarshi maydonga tushamiz, deb o‘ylamayman", deydi Venger.

Uning aniqlik kiritishicha, "Dinamo" 11 oydan beri ichki chempioantdagshi bironta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan.

"Bilaman, tarkibimizda tajribali futbolchilar ko‘p. Men hatto ulardan qay birini maydonga tushirishga ham ikkilanaman. Lekin bu rotatsiya uchun qulay", deydi "kanonirlar" murabbiyi.

Top