16:20 / 16.09.2015
2806

Erkin kurash bo‘yicha terma jamoa Toshkentga qaytdi

Kecha soat 16:00da erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Las-Vegasdan Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning ushbu shahrida jahon chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa davomida O‘zbekiston vakili Ixtiyor Navro‘zov kumush medal sohibiga aylandi.
Erkin kurashchilar bir reysda poytaxtga Yunon-Rum kurashi yo‘nalishidagi kurashchi, kumush medl sohibi Rustam Assakalov ham uchib qaytdi.

Aytishicha, sportchilar juda charchagani bois OAVga va muxlislarga ko‘p vaqt ajrata olmagan hamda qisqa fotosessiyadan so‘ng uylariga ketishgan.

Top