22:51 / 16.09.2015
4545

Golland jurnalisti Niderlandiya bosh vaziriga 750 yevroga Suriya pasportini rasmiylashtirib berdi

Gollandiyalik jurnalist Xarald Dornbos terrorchilarning Yevropaga muhojirlar ko‘rinishida kirib olishining tasdig‘i sifatida Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryuttening surati tushirilgan Suriya pasportiga buyurtma berdi va Nieuwe Revu nashrida namoyish qildi. Pasportda bosh vazir “Malik Ramazon” deb nomlangan va tug‘ilgan joyi Damashq deb ko‘rsatilgan. 

“Suriya pastportini istalgan odam ortiqcha qiyinchiliksiz olishi mumkin. Shaxsan menga bitta qo‘ng‘iroq va 40 soat vaqt yetarli bo‘ldi. Suriyada mojaro boshlangandan beri minglab bo‘sh pasport blanklari va ularga ma'lumotlar bosuvchi maxsus printerlar jangarilar qo‘liga tushgan. Ular pul to‘lashga tayyor bo‘lganlarga istalgan fotosurat va istalgan shaxsiy ma'lumotlarga ega pasportni sotishga tayyorlar”, deb yozdi Dornbos.

Jurnalist bunday pasportning narxi 750 yevroni tashkil qilishini va “radikallarning yo‘nalishlari hamma uchun ayon ekanini” ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari Suriyaning shimolidan Turkiyaga o‘tib, u yerdan Bodrum orqali Gretsiyaga yetib olmoqdalar.

Top