04:08 / 16.09.2015
2653

Grizmanning dubli "Atletiko M"ga "Galatasaray" ustidan g‘alaba keltirdi, "Astana" safarda "Benfika"ga mag‘lub bo‘ldi

Chempionlar ligasi S guruhi 1-tur uchrashuvlarida “Galatasaray" o‘z uyida “Atletiko Madrid”ga mag‘lub bo‘ldi, shuningdek, “Benfika” “Astana” klubi ustidan g‘alaba qozondi.

“Atletiko Madrid” safarda “Galatasaray” ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Ikki golga ham Antuan Grizmann mualliflik qildi.

Guruhning ikkinchi uchrashuvida “Benfika” o‘z uyida “Astana” darvozasini ikki bor ishg‘ol etib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Gollarni Nikolas Gaytan va Konstantinos Mitroglu kiritdi.

Chempionlar ligasi. S guruhi. 1-tur.

Galatasaray (Istanbul, Turkiya) – Atletiko M (Madrid, Ispaniya) – 0:2

Gollar: Grizmann, 18 (0:1); Grizmann, 25 (0:2).

Ogohlantirish: Yilmaz, 64; Oztekin, 73 – Gabi, 64.

 

Benfika (Lissabon, Portugaliya) – Astana (Astana, Qozog‘iston) – 2:0

Gollar: Gaytan, 51 (1:0); Mitroglu, 62 (2:0).

Ogohlantirish: Samaris, 40; Guedesh, 45+1; Jardel, 83 – Anichich, 21; Djolchiyev, 24; Jukov, 78.

Top