10:53 / 16.09.2015
2695

Hyundai premium modelning birinchi prototipini ko‘rsatdi

Hyundai kompaniyasi Los-Anjyelesdagi san'at muzeyida Vision G nomli yangi kontseptual kupe taqdimotini o‘tkazdi. Ishlab chiqaruvchi “Bo‘lajak premial modellar oilasining boshlanmasi” deb atadi.

Kontsept-kar markaning AQShdagi dizayn studiyasi tomonidan ishlab chiqildi. Ishlanmalarda Hyundai kompaniyasining boshqa davlatlarda ishlovchi mutaxassislari ham ishtirok etdi.
Vision G 5 l li 8 silindrli Tau dvigateli bilan ta'minlandi. Agregatning quvvati 420 ot kuchiga teng.

16 avgust kuni yangi model AQShning Pebbl Bichidagi nazokat tanlovida ishtirok etadi.
Vision G seriyali tarzda ishlab chiqarilishi mumkin-mumkin emasligi haqida hech qanday rasmiy ma'lumot berilmadi.

Top