11:42 / 16.09.2015
2667

Jahon banki O‘zbekistonda aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi

Jahon banki va O‘zbekiston hukumati aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi davlat xizmatlarini isloh qilish bo‘yicha 450 ming dollarlik grant kelishuvini imzoladi.

Loyiha mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi amalga oshirayotgan turli loyihalarni o‘zaro birlashtirishga qaratilgan. U, shuningdek, vazirlikning aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi salohiyatini oshirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat ofislari tizimini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Hozircha sinov tariqasida ikki tuman markazida mana shunday ofislar ochiladi.

Top