00:46 / 16.09.2015
4403

Malavida o‘qituvchi albinos o‘quvchi qizni 10 ming dollarga sotib yubormoqchi bo‘ldi

Malavida albinos o‘quvchi qizni 10 ming dollarga sotib yubormoqchi bo‘lgan erkak o‘qituvchi hibsga olindi, deb xabar bermoqda Agence France-Presse axborot agentligi.

Mahalliy politsiya matbuot kotibi bergan ma'lumotga ko‘ra, boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi Fillip Ngulube kichkina qizcha bilan birga ushlandi. U yosh bolani o‘g‘irlash va unga suiqasd qilishda ayblanmoqda.

Politsiya matbuot kotibining ta'kidlashicha, jinoyatchi Tanzaniyaga yo‘l olayotgan bo‘lgan. Tanzaniyada qiz hoynahoy o‘ldirilgan bo‘lardi, chunki bu yerda albinos tanasi bo‘laklari shifobaxsh xususiyatga ega deb sanaladi.

Tanzaniya hukumati albinoslarning tana a'zolarini o‘zlari tayyorlaydigan damlamaga ishlatadigan jodugarlarga qarshi faol kurashib kelmoqda. 2000 yildan boshlab Tanzaniyada 74 nafar albinos o‘ldirilgan. Ularning tanalari bo‘laklari o‘rtacha 600 dollardan sotiladi.

Top