15:30 / 16.09.2015
2015

Mourino Kosta, Terri, Matich va Ivanovichni «Makkabi»ga qarshi o‘yin tarkibiga kiritmoqchi emas

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino YeChL guruh bosqichida "Makkabi"ga qarshi kechadigan o‘yinda tarkibda bir qator o‘zgarishlar qilmoqchi.

Xabar qilinishicha, Jon Terri, Branislav Ivanovich, Nemanya Matich va Diyego Kosta asosiy tarkibda maydonga tushmaydi. Tayanch yarim himoyasida yosh futbolchi Ruben Loftus-Chik o‘ynasa, Loik Remi, Abdul Rahmon Baba, Gari Keyxill va Oskar asosiy tarkibdan joy olishi kutilmoqda.

Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Top