16:42 / 16.09.2015
2512

Navoiyda noqonuniy diskfurushlar qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida noqonuniy ravishda audio va videomateriallar sotayotgan aka-ukalar qo‘lga olindi. Bu haqda “Na postu” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Shukur va Odil ismli yigitlar do‘kon ochib, u yerda disklar sotib kelgan. Lekin ular sotilgan mahsulot uchun chek yozib bermaslik yo‘li bilan tushayotgan daromadni kirim qilishdan qochib kelishgan.
Bir kuni ular shu yo‘l bilan savdoni amalga oshirayotgan paytda soliq inspeksiyasi inspektori voqeani kuzatib turgan.

Shu voqea asosda u tekshiruv o‘tkazib, do‘kondan 2 224 kontrafakt disk topgan. Ashyoviy dalil sifatida Delux protsessori va Storejet 250 GB kompyuteri olib qo‘yilgan.

Top