17:09 / 16.09.2015
2209

Nazarboyev Putinni oktabr oyida Qozog‘istonga kelish uchun taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni oktabr oyi o‘rtalarida Qozog‘istonga taklif qildi, deya xabar bermoqda TASS.

“Sizning davlat tashrifingiz uzoq muddatdan buyon dastlabkisi bo‘lishi kerak. MDH sammiti 15 oktabrda bo‘lib o‘tadi, biz sizni undan oldin ham, keyin ham taklif etamiz. Tafsilotlarini kelishib olamiz”, – dedi Nazarboyev Putinga ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida.

“Yaxshi”, – deya rozi bo‘lgan Putin.

Shuningdek, Putin Nazarboyevni Yevrosiyoda integratsiya jarayoni va rus-qozoq hamkorligi rivojidagi hissasi uchun Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi.

Eslatib o‘tamiz, Sochi shahridagi “Bocharov Ruchey” qarorgohida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Top