18:33 / 16.09.2015
2730

Nazarboyev: Qozog‘iston va Rossiya oziq-ovqat bozorining yetakchilariga aylanishi mumkin

Qozog‘iston va Rossiya global oziq-ovqat bozorining yetakchilariga aylanishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Sochida bo‘lib o‘tayotgan XII Qozog‘iston va Rossiya mintaqaviy hamkorligi forumidagi chiqishida aytib o‘tdi.

“Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy oziq-ovqat tovarlari importi 170 mlrd dollarni tashkil qiladi. Mana shu bizning zaxiramizdir. Shu bois oziq-ovqat klasteri istiqbollari yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi. Bizning mamlakatlarimiz global oziq-ovqat bozorining yetakchilariga aylanish salohiyatiga ega. Sekin-asta biz shunga erishamiz. Rossiya, masalan, don eksporti bo‘yicha jahonda uchinchi o‘ringa chiqib oldi”, - uning so‘zlarini keltiradi BNews.kz sayti.

Shuningdek, sho‘z chiqishida Qozog‘iston yetakchisi ikki mamlakat o‘z imkoniyatlaridan to‘la foydalanmayotganini e'tirof etdi.

Top