14:11 / 16.09.2015
5225

Qozog‘iston parlamenti Nazarboyeva vakolatlarining muddatidan ilgari to‘xtatilishini yoqlab ovoz berdi

Qozog‘iston Majlisi (quyi palatasi) deputat Darig‘a Nazarboyeva vakolatlarining muddatidan ilgari to‘xtatilishini yoqlab ovoz berdi. Bu haqda Novosti-Kazaxstan agentligi xabar bermoqda.

O‘tgan hafta Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘z qizini bosh vazirning o‘rinbosari etib tayinlagan edi. Unga qadar Nazarboyeva Majlis spikeri o‘rinbosari edi.
Uning yangi lavozimga tayinlanishi munosabati bilan Darig‘a Nazarboyeva deputatlik vakolatidan muddatidan ilgari mahrum qilindi.

Top