22:07 / 16.09.2015
2484

Qozog‘iston Rossiyaga yiliga 3 ming tonna mol go‘shti yetkazib bermoqchi

Qozog‘iston Rossiyaga yiliga 3 ming tonna sovitilgan mol go‘shti eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentabrda Sochidagi mintaqaviy hamkorlik anjumanida ma'lum qildi

“Bizning davlat mol go‘shtini eksport qilish bo‘yicha katta imkoniyatlarga ega. Bu go‘shtning sifati Braziliya, Paragvay va Argentinadan keltirilayotgan go‘shtdan qolishmaydi. Hozirda Qozog‘istonda yiliga 4 ming tonnaga yaqin mol go‘shti olinadi. Va biz Rossiyaning Samara, Saratov va Orenburg viloyatlari bozoriga yiliga 3 ming tonnadan ko‘proq sovitilgan mol go‘shti yetkazishga tayyormiz”, deb aytdi Nazarboyev.

Top