18:33 / 16.09.2015
7760

Tojik-qirg‘iz chegarasida yana bir to‘qnashuv ro‘y berdi

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2015 yilning 11 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:30da tojik chegarachilari mamlakat hududiga kirib kelgan ikki “Dulan” benzovozlarini payqagan.

Qo‘lga olish jarayonida ikkinchi benzovoz haydovchisi bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosi qarshilik ko‘rsatib, qochishga uringanda oyog‘iga uq uziladi va yengil tan jarohatini oladi. Hodisaning yana bir ishtirokchisi — Tojikiston fuqarosi bo‘lgan ikkinchi benzovoz haydovchisi ham qo‘lga olinib, Jabor Rasulov tumani ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan.

Shuningdek, Benzovoz va undagi 50 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli organlarga topshirilgan.

12 sentabr kuni hodisa joyida ikki tomon chegara rasmiylari o‘rtasida mojaroni hal etish uchun uchrashuv tashkillashtirilgan.

Top