19:14 / 16.09.2015
20571

Turmush o‘rtog‘ining tobuti oldida tabassum qilgan ayol internet foydalanuvchilarini hayratga soldi

AQShning Ogayo shtatida yashovchi Yeva Holland Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan turmush o‘rtog‘ining tobuti oldida tabassum qilgan holda tushgan rasmi internet foydalanuvchilarining qahru g‘azabiga sabab bo‘ldi. Eng g‘aroyibi, u o‘g‘li va qizini ham kulib turishga undagan.

Surat 250 ming martadan ko‘p tomosha qilingan, Yeva esa yaqin insoniga nisbatan qahriqattiqlikda ayblangan. Obunachilarining e'tirozlariga javob tariqasida u giyohvand moddalarga qaramlik nimalarga olib kelishini ko‘rsatmoqchi bo‘lganini aytgan. Ma'lum bo‘lishicha, ayolning 26 yoshli turmush o‘rtog‘i Mayk geroin miqdorini oshirib yuborgani uchun hayotdan ko‘z yumgan.

Daily Mail nashrining yozishicha, Mayk giyohvand moddalarga tishlarini davolash jarayonida qabul qilgan og‘riq qoldiruvchi dorilardan so‘ng mukkasidan ketgan. U reabilitatsiya markazida davolanib chiqqan, biroq tezda yana giyohvand moddalar qabul qilishni qaytadan boshlagan.

Top