10:41 / 16.09.2015
2271

Xitoylik erkak iPhone 6s uchun buyragini sotib yubormoqchi bo‘ldi

Xitoyning Yanchjou shahrida istiqomat qiluvchi erkak iPhone 6s smartfonini xarid qilish uchun o‘z buyragini sotib yubormoqchi bo‘ldi. Bu haqda China Daily nashri xabar berdi.

Aytilishicha, bu g‘oyani U ismli shaxs do‘stidan olgan. Do‘sti Xuan Uga Nankindagi shifoxonalardan birida tibbiy ko‘rikdan o‘tishni tavsiya qilgan. O‘sha yerda ular buyrak xaridorining agenti bilan uchrashishi kerak edi. Lekin agent uchrashuvga kelmagan.

Shundan so‘ng U buyragini sotish fikridan qaytgan. Xuan kelishuvni bajarishni talab qila boshlagach, U politsiyaga murojaat qilgan. Ammo Xuan politsiyadan qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Top