09:17 / 16.09.2015
1824

Xyustonda maktab avtobusining halokatida 2 o‘quvchi halok bo‘ldi

AQShning Xyustonidagi magistralda maktab avtobusining Buick LaSabre yengil mashinasi bilan to‘qnashishi va ag‘darilib ketishi oqibatida 2 o‘quvchi halok bo‘ldi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

Yengil avtomobil haydovchisining so‘zlariga qaraganda, yana bir mashina uning yo‘li bo‘ylab qarama-qarshi tomondan yurib kela boshlagan, bu to‘qnashuvga sabab bo‘lgan.
Voqea joyida 17 yoshli qiz halok bo‘ldi, shifoxonada 14 yoshli o‘quvchi bolaning joni uzildi. Avtobusda, haydovchidan tashqari, 4 kishi bor edi.

Top