“Real” yarimhimoyachisi Isko o‘zi tarbiyalagan klub, Analusiya birinchi divizionida (ispan futbolidagi 5-bosqich) ishtirok etadigan “Atletiko Benamiyel”ga 450 ta kiyim-kechak komplekti sovg‘a qildi.
“Atletiko Benamiyel” Iskoning birinchi klubi bo‘lgan va ispaniyalik futbolchi uni tarbiyalagan jamoaga shu tariqa minnatdorchilik bildirishga qaror qildi.