10:10 / 17.09.2015
2558

AQSh qo‘lga olingan Burkina-Faso hukumatini ozod qilishga chaqirdi

Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti prezident qo‘riqchilari tomonidan qo‘lga olingan Burkina-Faso hukumatini zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi, deya xabar bermoqda Reuters.

“Qo‘shma Shtatlar hukumatni har qanday nokonstitutsion usullar yordamida qo‘lga olishga urinish yoki siyosiy xilma-xillikka kuch ishlatish orqali yo‘l qo‘yilishini qat'iy qoralaydi”, – deya qayd etdi tashqi siyosat muassasasi matbuot kotibi Jon Kirbi.

Eslatib o‘tamiz, Burkina-Faso prezident soqchilari mamlakat vazirlar mahkamasi majlisini to‘xtatib, prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi Mishel Kafondo va hukumat a'zolarini hibsga olgan edi.

Mazkur munosabat bilan BMT bosh kotibi Pan Gi Mun ham o‘z e'tirozini bildirib o‘tdi.

Top