18:04 / 17.09.2015
2106

Bolgariya Turkiya bilan chegarasini "muhojirlar hujumi"dan himoyalash uchun minglab harbiylarini jo‘natdi

Bolgariya janubi-sharqiy chegaralarini Turkiyadan kirib keladigan muhojirlar oqimidan to‘sish maqsadida maxsus harbiy bo‘linmalar tayyorladi.

Naharnet nashrida yozilishicha, chegaralarga minglab harbiylar jo‘natilgan.

"Biz Turkiya bilan chegaralarimizni musahkamlash uchun mingdan ortiq askar jo‘natdik", deb ma'lum qilgan Bolgariya TIV vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga mamlakat chegaralarini 600 kishidan iborat muhojirlarning yirik guruhi buzib o‘tishga harakat qilgani sabab bo‘lgan.

Biroz oldinroq, Bolgariya hukumati Serbiya bilan chegarasida 39 nafar suriyalik noqonuniy muhojirni hibsga olgani haqida xabar berilgandi.

Top