02:58 / 17.09.2015
3190

Chempionlar Ligasi, Ye guruhi: “Roma” va “Barselona” durang o‘ynashdi, “Bayyer” “BATE”ni mag‘lub etdi

Chempionlar Ligasi Ye guruhi vakillari “Roma” va “Barselona” musobaqa guruh bosqichining 1-turida 1:1 hisobida o‘ynashdi. Uchrashuv Rimdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tdi. Gollarni o‘z klublari safida Luis Suares va Alessandro Florentsi kiritdi.

Chempionlar Ligasi. Ye guruhi. 1-tur
Roma (Rim, Italiya) – Barselona (Barselona, Ispaniya) – 1:1
Gollar: Suares, 21 (0:1); Florentsi, 31 (1:1).

Guruhning boshqa uchrashuvida “Bayyer” Belarusning “BATE” klubi bilan to‘qnashdi. Uchrashuv Leverkuzendagi “Bay-Arena” stadionida o‘tkazildi va 4:1 hisobida “aspirinchilar” flydasiga hal bo‘ldi. Mezbonlar safida to‘plarni bittadan Admir Mexmedi va Xaver Ernandes, ikki marta Hoqon Chalxano‘g‘lu, mehmonlar safida esa Nemanya Milunovich urdi.

Bayyer (Leverkuzen, Germaniya) – BATE (Borisov, Belarus) – 4:1
Gollar: Mexmedi, 4 (1:0); Milunovich, 13 (1:1); Chalxano‘g‘lu, 47 (2:1); Ernandes, 58 (3:1); Chalxano‘g‘lu, 75 (4:1, pen).

Top