02:35 / 17.09.2015
2825

Chempionlar Ligasi, F guruhi: “Dinamo” Zagreb “Arsenal”ni, “Bavariya” esa “Olimpiakos”ni yengdi

Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turida F guruhidan o‘rin olgan Zagrebning “Dinamo”si va Londonning “Arsenal”i o‘rtasidagi uchrashuv zagrebliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbon jamoa uchun to‘plarni Xunior Fernandes va Aleks Oksleyd-Chemberlen (avtogol), mezbonlar safida esa Teo Uolkott kiritishdi.

Chempionlar Ligasi. F guruhi. 1-tur
Dinamo Z (Zagreb, Xorvatiya) – Arsenal (London, Angliya) – 2:1
Gollar: Oksleyd-Chemberlen, 24 (1:0, avtogol); Fernandes, 58 (2:0); Uolkott, 79 (2:1).
Chetlatish: Jiru, 40 (Arsenal)

Guruhdagi parallel o‘yinda Myunxenning “Bavariya” klubi mehmonda “Olimpiakos”ni 0:3 hisobida yengdi. Gollar mualliflari Mario Gyottse va ikki marta Tomas Myuller.

Olimpiakos (Pirey, Gretsiya) – Bavariya (Myunxen, Germaniya) – 0:3
Gollar: Myuller, 52 (0:1); Gyottse, 89 (0:2); Myuller, 90+2 (0:3, pen).

Top