16:15 / 17.09.2015
1896

Daily Mail: Klopp ingliz klublaridan birini boshqarishi mumkin

Dortmundning “Borussiya” klubining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Daily Mail nashrining ma'lumotiga ko‘ra, 48 yoshli mutaxassis joriy mavsum yakunlangach, ingliz klublaridan birini boshqarishi mumkin, ammo uning bosh maqsadi – “Bavariya”.

Eslatib o‘tamiz, Myunxen klubining amaldagi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 2016 yilning yozida jamoani shartnomasi yakunlangani uchun tark etishi mumkin.

Bundan avvalroq, 2016 yilda Gvardiola “Manchester Siti” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi haqida ma'lumot tarqalgandi.

Top