19:33 / 17.09.2015
2405

Janubiy Sudandagi portlashda 85 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Sudanda neft tashuvchi mashinaning portlashi oqibatida 85 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, mashina yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Mashina atrofida to‘plangan odamlar neft oqishini to‘xtatishga harakat qilayotganida portlash sodir bo‘ldi.

Avariya Juba shahri yaqinida sodir bo‘ldi.
Yana 50 kishi jiddiy jarohatlar olgan.

Top