05:47 / 17.09.2015
5568

Kerri: Rossiya AQShga Suriya bo‘yicha harbiy muzokaralarni taklif qildi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya AQShga Suriya yuzasidan harbiy muzokaralarni taklif qildi, deb ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, Kerri AQSh Suriyadagi mojaroni Rossiya jalb qilingan shartda siyosiy hal qilishga ishonchi komilligini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga Kerri Rossiya yordami uning “mazmundorligi” shartida foydali bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Kerrining aytishicha, ayni paytda u Pentagon va Oq uy bilan Suriya borasidagi keyingi qadamlarni muhokama qilmoqda.

Top