03:38 / 17.09.2015
5706

KUN.UZ dayjesti: 16 sentabrda ro‘y bergan eng asosiy xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 16 sentabr kuni ro‘y bergan eng asosiy xabarlarni takroran havola etamiz.

O‘zbekistonda 1 oktabrdan tabiiy gaz uchun to‘lovlar qimmatlashadi>>

Shu yilning 1 oktabr kunidan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste'molchilarga beriladigan tabiiy gaz uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda.

Toshkent avtobuslarida validatorlar o‘rnatiladi>>

Shu yilning oxirigacha Toshkent avtobuslarida validatorlar o‘rnatiladi

Tojikiston IVV: Nazarzoda Romit darasidagi so‘nggi harbiy operatsiya chog‘ida o‘ldirildi>>

Tojikiston IIV matbuot xizmati general Abduhalim Nazarzoda boshchiligidagi jangarilar guruhining so‘nggi vakillari yo‘q qilingani operatsiya paytida Nazarzodaning o‘zi ham o‘ldirilgani haqida bayonot berdi

O‘zbekistonda 1 oktabrdan elektr energiyasi to‘lovi qimmatlashadi>>

Yoqilg‘i energiya boyliklari tannarxi oshish munosabati bilan «O‘zbekenergo» AJ 2015 yilning 1 oktabridan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma'lum qildi.

Suriya muxolifati: Rossiya Asadga yordam berishining sababi – u kuchini yo‘qotmoqda>>

Bashar Asad rejimi Suriyaning 18 foizidan kamroq hududini o‘z nazorati ostida ushlab turibdi, shu bois Rossiya o‘z “yoqimtoy”iga yordam ko‘rsatishga qaror qildi.

Putin Sochida Lukashenko va Nazarboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko va Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

Tojik-qirg‘iz chegarasida yana bir to‘qnashuv ro‘y berdi>>

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2015 yilning 11 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan 19:30da tojik chegarachilari mamlakat hududiga kirib kelgan ikki “Dulan” benzovozlarini payqagan.

Bashar Asad: Agar Yevropa qochqinlar taqdiridan xavotirda bo‘lsa, terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsin>>

Suriyaning rasmiy rahbari Bashar Asad Rossiyaning bir qancha ommaviy axborot vositalari, jumladan, Rossiya TV, NTV, “Pervyy kanal”, RT telekanallari, “Rossiya segodnya”, TASS, Interfaks agentliklari, “Rossiyskaya gazeta” nashrlari bilan suhbat o‘tkazdi. U rossiyalik jurnalistlarni qiziqtirayotgan ko‘plab savollarga javob berdi.

Qozog‘istonda dollar kursi yangi tarixiy rekord qayd qilib, 300 tangadan oshdi>>

Qozog‘iston fond birjasining (KASE) ertalabki savdolari natijalariga ko‘ra ushbu mamlakatda dollar kursi tarixdagi mutlaq rekordni qayd qilib, 301 tangani tashkil qildi

2024 yilgi Yozgi Olimpiada mezbonligi uchun 5ta shahar ariza topshirdi>>

Parij, Rim, Los-Anjyeles, Budapesht va Gamburg shaharlari 2024 yilgi Yozgi Olimpiadani qabul qilish uchun da'vogarlar ro‘yxatiga kiritild

Top