11:38 / 17.09.2015
2818

Manba: General Motors o‘z mahsulotlaridagi nosozlik uchun 900 mln dollar jarima to‘laydi

AQShning avtomobil ishlab chiqaruvchi General Motors kompaniyasi o‘z mahsulotlaridagi nosozliklar tufayli 900 mln dollar jarima to‘lashga rozi bo‘lgan. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holad Reyter nashri xabar bergan.

Bundan oldinroq, AQSh prokuraturasi kompaniya avtomobillarining o‘t olish tizimidagi nosozlik bo‘yicha jinoiy ish ochishga qaror qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyaning Toyota Motor Corp. kompaniyasi shunday holatda 1,2 mlrd dollar jarima to‘lashga majbur bo‘lgandi.

Top