15:28 / 17.09.2015
2370

Maserati rahbari yo‘ltanlamaslar ishlab chiqarilish muddatini ma'lum qildi

Maserati kompaniyasining dastlabki yo‘ltanlamaslar — Levante seriyasiyaning ilk rasmiy namoyishi 2016 yil Jyeneva avtosalonida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Autocar nashriga italyan kompaniyasi rahbari Garald Uester ma'lum qildi.

Top-menejyer so‘zlariga ko‘ra, Levante konstruksiyasida “Maserati`ning yuz foizlik tarkibiy qismlari” qo‘llanilib, Fiat Chrysler Automobiles alyansidagi birorta ham brend detallari ishlatilmaydi. Avvalroq esa yo‘ltanlamasning Jeep Grand Cherokee bazasida tayyorlanishi, biroq kompaniya mazkur g‘oyadan voz kechgani taxmin qilingan edi.

Shunday qilib, yo‘ltanlamas 410 ot kuchiga ega 6 silindrli 3 litr hajmga ega tvin-turbo dvigateli bilan ta'minlanadi.

Shuningdek, u 3,8 litr hajmli 580 ot kuchiga ega V8 yoki olti silindrli dizel yonilg‘isi bilan harakatlanuvchi 250dan 340gacha ot kuchiga ega motor joylashtirish uchun ham moslashtirilishi kutilmoqda.

Uesterning ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda Italiyada Levante seriyali avtomobillar ishlab chiqarila boshlanadi, sotuv uchun mo‘ljallangan mahsulot esa 2016 yilning fevral oyidan dunyo yuzini ko‘radi.

2017 yilda italyanlar GranTurismo`ning navbatdagi avlodi hamda butunlay yangi model – Alfieri`ni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Kompaniya yiliga 75 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarib, daromadini ikki barobar oshirmoqchi.

Top