10:47 / 17.09.2015
1918

Mourino: OAVdagi tanqidlarga qaramay muxlislar biz bilan ekanidan xursandman

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Makkabi"ga (4:0) qarshi kechgan YeChL uchrashuvidan keyin o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda men uchun muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari muhimroq. Ular bizni oldinga boshlab turishdi.

Garchi, matbuotda bizni tanqid qilishgan bo‘lsada, ishqibozlarimiz qiyin paytda bizga madad bo‘lishdi", - deydi Mourino.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda jamoa ichki chempionatda o‘ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etmoqda. Londonliklar 5 turdan keyin 4 ochko bilan turnir jadvalining 17-o‘rnida joylashgan.

Top